Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning oktyabr oyida Netfliks angliyalik futbolchi Devid Bekhem haqida hujjatli filmni namoyish etdi. 

Unda Bekhemning futbol olamiga kirib kelgani, “Manchester Yunayted”da yoqimtoyga aylangan, Argentina terma jamoasiga qarshi bahsdagi qizil kartochkasi muxlislar nafratiga sabab bo‘lgani, “Real” esa u uchun yana bir sinov bo‘lgani bayon etilgan. 

Umuman futbolchilar haqidagi hujjatli yoki badiiy filmlar doim muxlislar tomonidan iliq kutib olinadi. Bekhem haqidagi film bahona jahon kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan futbol haqidagi eng yaxshi filmlarni yodga olamiz. 

“Bekhem”, / Beckham (2023, AQSH)

“Manchester Yunayted” va “Real”ning sobiq futbolchisi, hozirda Lionel Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” klubi xo‘jayinlaridan biri bo‘lgan Devid Bekhem haqidagi 4 qismlik hujjatli serial. 

Serial davomida Beks o‘zining o‘tmishiga nazar soladi, arxiv hujjatlariga izoh beradi va rafiqasi Viktoriya uning hayotida qanchalik muhim o‘ringa ega ekanligini ta’riflab beradi. Serialda, shuningdek, Bekhemning do‘stlari, sobiq jamoadoshlari va murabbiylarini ham ko‘rish mumkin. Erik Kantona, ser Aleks Fergyuson, Pol Skoulz, Luish Figu, Ronaldo, Karlush Keyrush, Fabio Kapello va Florentino Pereslar Devid bilan bog‘liq xotiralarni yodga oladi. 

“Gol” / Goal! (2005, AQSH)

Los-Anjeleslik bog‘bonning o‘g‘li, professional futbolchi bo‘lishni orzu qilgan Santyago Munyesga haqida trilogiya.

Barcha qiyinchiliklardan so‘ng Santyago muvaffaqiyatga erishadi — u “Nyukasl” a’zosiga aylanadi va keyingi qismlarda “Real” libosini kiyadi. Film gollivud qonunlariga muvofiy FIFA homiyligida suratga olingan va Amerika orzusi amalga oshishi haqidagi hikoyaning klassik namunalaridan biri hisoblanadi. 

Filmning uch qismida Raul, Bekhem, Anri, Zidan, Ronaldo, Kasilyasi kabi ko‘plab futbol yulduzlari ishtirok etgan. Tabiiyki, ular o‘z-o‘zini o‘ynagan. 

“Erikni izlab” / Looking for Eric (2009. Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Ispaniya)

Erik — yoshi katta pochtachi va “Manchester Yunayted”ning ashaddiy muxlisi. U “Old Trafford”da jamoa yetakchisi, o‘zining adashi bo‘lgan Erik Kantonaning o‘yinini tomosha qilgan soatlarini hayotining eng yaxshi lahzalari deb biladi.

Hayoti barbod bo‘lsa boshlagach, ishdagi va oilaviy muammolar sabab, ruhiy tushkunlikka tusha boshlagach, uning ko‘ziga Kantona ko‘rina boshlaydi va afsonaviy o‘yinchi unga futbol falsafasini hayot bilan uyg‘unlashtirishni o‘rgatadi. 

“La’natlangan Yunayted” / The Damned United (2009, Buyuk Britaniya)

Film real voqealarga asoslangan. Kinoning asosiy qahramoni “Lids Yunayted”ni 44 kun boshqargan Brayan Klaf hisoblanadi.

Lavozimga kelgunga qadar u bir necha bor klubning o‘yinini va murabbiyini tanqid ostiga olgan. Futbolchilar esa buni kechira olmagan. Voqealar bundan ancha oldin bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, u hamon aktual. Filmda jamoa ichidagi va uning atrofidagi munosabatlarning nozik jihatlari, o‘yinchilar hamda jamoaning psixologiyasi — barchasining mashaqqati, tushunarli, juda hayajonli tarzda ko‘rsatib berilgan. 

“Pele” / Pele (2021, Buyuk Britaniya)

Film Pelening bolalik hayotidan to faoliyatidagi so‘nggi klub bo‘lgan “Nyu-York Kosmos” jamoasiga qadar yo‘lini yoritib beradi. Unda ko‘plab arxiv tasvirlarni, jumladan, Pelening o‘yinlari, intervyulari, yangilik roliklarini va boshqalarni ko‘rish mumkin. 

Shuningdek, film Braziliyadagi siyosiy ahvol, diktaturaga ham to‘xtalib o‘tgan. 

Pele haqida juda ko‘plab hujjatli filmlar ishlangan. Lekin 2021-yilda taqdim etilgan kinoda uning nafaqat futboldagi, balki uning tashqarisidagi hayoti ham mukammal ochib berilgan. 

Braziliyalik afsona 2022-yil 29-dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »