Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan o‘zining sevimli sportchilari haqida gapirib o‘tdi.

Zidan qaysi afsonaviy sportchilar bilan kechki ovqatni birga qilishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.

“Men Mayk Taysonning jangini tomosha qilish uchun tunda uyg‘onardim. Uning janglarini qoldirmasdan ko‘rishga harakat qilardim. Ba’zan Taysonning jangini ko‘rish uchun tungi 3 yoki 4 da uyg‘onishimga to‘g‘ri kelardi, lekin jang bir necha daqiqagina davom etardi, bu normal.

Maykl Jordan — takrorlanmas sportchi. Barcha davrlarning eng yaxshilaridan biri. Yana, oramizda yo‘q bo‘lsa ham, Muhammad Ali nomini tilga olgan bo‘lardim.

Undan tashqari, “Formula-1”dan Ayrton Senna bilan kechki ovqatni birga tanovul qilgan bo‘lardim. U fenomenal edi, biroq juda erta dunyoni tark etdi”, — deydi Zidan Toni Parkerga bergan intervyusida. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »