Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniya Royal Mint auksionida oltin kolleksiya tangasi 8,6 ming dollarga sotildi. Noyob tangalar partiyasi 14 yil oldin 629 dona miqdorida zarb qilingan va Kew Gardens Qirollik botanika bog‘ining 250 yilligiga bag‘ishlangan.

Tanganing old tomonida qirollik saroyi arxitektori Uilyam Chembers loyihasi bo‘yicha 1761—1762-yillarda qurilgan Buyuk Pagoda tasviri aks etgan, deb yozadi The Daily Mail.

Foto: Google Images

Og‘irligi bir kilogrammga yaqin bo‘lgan “Qirolichaning jonivorlari” oltin tangasi auksionda sotilmadi. Uning dastlabki qiymati deyarli 112 ming dollarni tashkil etdi. Unda qirolicha Yelizaveta II haqiqiy va afsonaviy hayvonlar bilan o‘ralgan holda tasvirlangan.

Avvalroq Germaniyada minglab o‘rta asr tangalaridan iborat xazina topilgan edi. Ko‘ngilli arxeologlar tomonidan topilgan boshqa artefaktlar orasida yettita qilich, zargarlik buyumlari va sopol idishlar bor edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »