Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati “Do‘stlik” chegara postida “Baxti Tashkentskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Xalilov ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, u Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davomida ushlangan. “Baxti Tashkentskiy” laqabli Qudratullayev Baxtiyor Zaparovichga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan Xalilov Doston Xolbo‘ta o‘g‘li qo‘shni Qirg‘izistonga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan payt “Do‘stlik” chegara postida qo‘lga olindi.

Foto: Farg‘ona IIB

Unga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »