Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9—10-dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11—12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

10—11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).

Havoning harorati asta-sekin pasayadi va 11—12-dekabrda kechasi 7-10 darajagacha sovuq, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda 10—11-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). 11—12-dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 darajagacha sovuq pasayadi.

“O‘zgidromet”ning izohlashicha, 9—12-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti dastlabki hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, “Favqulodda gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabari bilan e’lon qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »