Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: kommers.uz

Qayd etilishicha, poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIV, Toshkent shahar IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar jarayonida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi. Shular jumlasidan,

1950-yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »