Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniyaning Kalo Holdings kompaniyasi O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Gap savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar hamda 60 kilovatt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan stansiyalarni qurishga qaratilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar haqida ketmoqda.

Kompaniya vakillari O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov bilan muzokaralar chog‘ida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan. Ularga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mamlakatning iqtisodiyot, savdo va qurilish sohasidagi salohiyati haqida ma’lumot berilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Mazkur loyihalar amalga oshirilgan taqdirda O‘zbekiston aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga katta turtki bo‘lishi alohida ta’kidlangan.

Oktyabr boshlarida O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirgandi. So‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk “yashil” suveren obligatsiyalar hisoblanadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »