Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda muddatidan avval qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Ezgulik inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.

Foto: Facebook / Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev

Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 2021-yilning iyunida Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan jome masjidida Abror Muxtor Ali bilan kelib chiqqan nizodan so‘ng mayda bezorilik sodir etishda aybli deb topib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagandi.

Keyinroq poytaxt IIBB axborot xizmati tekshiruv jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Fozilxo‘janing telefonida shubhali diniy mazmundagi materiallar borligi va ularni boshqa shaxslarga namoyish qilgani haqida xabar kelib tushganini ma’lum qilgandi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, blogerning Facebook’dagi profiliga joylashtirilgan ayrim materiallar diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar deb topilgan.

2022-yilning yanvarida u Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

2022-yilning may oyida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi Milliy preventiv mexanizmlar bo‘yicha ishchi guruhi Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalariga jazo muddatini o‘tayotgan Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev holidan xabar olgandi. O‘shanda u qamoqxona sharoitidan shikoyati yo‘qligini, ammo sud hukmidan norozi ekanini aytgandi.

Blogerning yaqinlarining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, uning 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi maoshining bir qismi davlat foydasiga ushlab qolingan holda shartli jazo bilan almashtirilgan. U probatsiya xizmati xodimlari nazoratida bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »