Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda o‘tgan 11 oyda yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 722 milliard so‘mlik qarzdorlik undirildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: MIB

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun qo‘llangan maʼmuriy qarorlarning ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 10 oyida byuro organlari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq 643 milliard so‘mlik 1,9 millionta hujjatlarning ijrosi taʼminlangan. O‘tgan 11 oyda yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 722 milliard so‘mlik qarzdorlik undirilgan. 

Maʼlumki, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, uni jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan. To‘lov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida Majburiy ijro byurosi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘rtasida qo‘shma ko‘rsatma tasdiqlangan.

Qo‘shma ko‘rsatma ijrosini taʼminlash maqsadida, tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan AutoCon-SC/M-onlayn va planshet moslamalari yordamida tuman (shahar) markaziy ko‘chalarida hamda hududiy yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida tadbirlar (reyd) o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, mavjud qarzdorliklarni undirishda mahallabay ishlash tizimidan samarali foydalanilmoqda. Birgina tadbir boshidan bugungi kunga qadar hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida byuro organlari ish yurituvidagi 51 321 ta ijro hujjati bo‘yicha 24,4 milliard so‘mlik qarzdorliklar amalda undirilishiga erishildi. Bundan tashqari, jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan va tadbir davomida qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga tegishli 14 614 ta transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonlariga joylashtirildi, qidiruvdagi 2 684 ta transport vositalari topildi.

Foto: MIB

Shundan tadbir davomida 1477 ta transport vositasi xatlanib, 95 tasi onlayn-auksion savdolariga chiqarildi. Masalan, qarzdor Sh.A.dan 13 ta (7,3 million so‘m) maʼmuriy jarima va 1 ta (399,2 million so‘m) kredit qarzdorligini undirish maqsadida Kia Sportage rusumli avtotransport vositasi xatlanib, E-auksion.uz savdolariga chiqarildi. 

Ko‘plab maʼmuriy jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan fuqarolar IIB YHXB xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda aniqlanib, qarzdorliklarni bartaraf etmagani sababli jarima maydonlariga joylashtirilmoqda. Misol uchun, qarzdor A.R.dan 55 ta (26,8 milllion so‘m) maʼmuriy jarimalarni undirish maqsadida Venucia rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.

Shuningdek, qarzdor S.Sh.dan 18 ta (9,5 million so‘m) maʼmuriy jarimalarni undirish maqsadida Tracker-2 hamda qarzdor Yu.O.dan 19 ta (29,8 million so‘m) maʼmuriy jarimalarni undirish uchun Captiva jarima maydoniga qo‘yildi. Qarzdor M.X.dan 9 ta (4,5 million so‘m) maʼmuriy jarima va 1 ta (224,8 million so‘m) kredit qarzdorligini undirish maqsadida transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.

Ko‘plab jarimasi bor avtomashinalarning qarzdorligi o‘rganilganda, soliq va banklardan olingan kredit mablag‘larini ham qasddan to‘lanmasdan kelinayotgani aniqlangan. Misol uchun, byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan qarzdor X.Sh.dan maʼmuriy jarima undirish haqidagi 128 ta (59 million) va “Kapital bank” ATB foydasiga kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha 200 davlat raqamiga ega bo‘lgan Malibu vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqish uchun ayrim fuqarolar qarzdorligini bartaraf etgan. Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan qarzdor korxona rahbari O‘.Sh.dan 4 ta (1,3 million) maʼmuriy jarima undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha Nexia-3 vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi va undan 1,3 million so‘mlik maʼmuriy jarima va 11,6 million so‘mlik soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.

Foto: MIB

Vazirlar Mahkamasining 377-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyatining “Chinor” yo‘l-patrul xizmati statsionar postida 2022-yilning 1-dekabr kunidan ishga tushirilgan “yashil” va “qizil” yo‘lak tamoyili tizimidan ham samarali foydalanib kelinmoqda. Mazkur YPX postida 2022-yilning 1-dekabr kunidan joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar byuro organlari ish yurituvidagi yo‘l harakati qoidalarini buzishga oid 4,4 milliard so‘mlik (28 885 ta) qarzdorliklar undirilishi taʼminlandi.

Bu borada tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »