Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ob-havoning yomonlashuvi munosabati bilan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

“Kazgidromet” 7–9-dekabr kunlari Respublikada havo harorati 42 darajagacha sovishini prognoz qilgan.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qiladi. Dovul haqida ogohlantirishlar e’lon qilinganda, ayniqsa, tungi vaqtda piyoda va uzoq joylarga sayohat qilishdan saqlaning. Magistral yo‘llarda ob-havo sharoiti va transport cheklovlari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boring. Bolalarni qarovsiz qoldirmang. Barcha hodisalar 112 yoki 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Dekabr oyi davomida Qozog‘istonning ko‘p qismida sovuq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Mamlakatning shimoliy yarmida qor yog‘ishi, janubiy viloyatlarda esa yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi prognoz qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »