Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari noyabr oyida 8 million dollarga kamayib, 2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, 32 milliard 896,5 million dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Bloomberg

Ma’lum qilinishicha, mamlakat oltin zaxirasi 247 million dollarga kamayib, 23 milliard 725,9 million dollarni tashkil etmoqda. Qimmatbaho metallning hajmi ham 0,4 million troy unsiyaga (12,4 tonna) kamayib, 11,6 million troy unsiyasini (taxminan 360,80 tonna) tashkil etdi.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) esa 8,3 milliard dollardan 8,6 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralar ketma-ket oltinchi oy davomida kamaygan edi — mayda rasmiy zaxira aktivlari 837,9 million dollarga, iyunda — 649 million dollar, iyulda —71,8 million dollar, avgustda — 958 million dollar, sentyabrda esa 1 milliard 650 million dollarga kamaygandi. Oktyabr oyida bo‘lsa oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidan buyon ilk bor oshgan edi

Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »