Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 9-dekabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tiborga alohida to‘xtalib, O‘zbekiston prezidentining asosiy maqsadi o‘zbek farzandlarining bilimli, baxtli va boy bo‘lishiga erishish ekani, davlat rahbarining tinimsiz mehnati ana shu maqsad yo‘lida kechayotgani ta’kidlandi.

“Ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz”, — deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirildi ko‘rsatuvda.

Shuningdek, prezident eng katta boylik aql-zakovat, eng katta meros bu — yaxshi tarbiya ekaniga e’tibor qaratib, eng katta qashshoqlik bilimsizlik ekanini ta’kidlaydi.

“Eng katta boylik bu — aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu — yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu — bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. 

Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, prezidentning Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi fikrlari ham keltirilgan.

Prezident Yangi O‘zbekistonning bugungi asosiy g‘oyasi nimadan iborat ekaniga e’tibor qaratib, bobolarning armonlarini amalga oshirish barchamiz uchun ham qarz, ham farz ekanini ta’kidlaydi: “Agar buyuk bobolarimizning ruhini shod qilib, jadid bobolarimiz qilgan ishlarning davomchilari bo‘lib, bugungi g‘oyamizni — Yangi O‘zbekistonning ostonasi maktabdan boshlanadi, degan ulug‘ harakatni amalga oshirishda belimizni mahkam bog‘lab harakat qilsak, albatta, natija bo‘ladi”. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »