Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya 2024-yil uchun Ukrainaga qurol yetkazib berish va moliyaviy yordam uchun 8 milliard yevro ajratdi. Germaniyada bo‘lgan ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun yana 6 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols iqtisodiyot vaziri Robert Xabek va moliya vaziri Kristian Lindner bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Google Images

“Agar vaziyat o‘zgarsa, masalan, boshqa tarafdorlar Ukrainaga yordamni kamaytirayotgani yoki Germaniya va Yevropaga tahdid kuchayishi sababli frontdagi vaziyat yomonlashsa, biz bunga shunga yarasha chora ko‘rishga majbur bo‘lamiz”, — dedi u.

Shols Germaniya Yevropa Tinchlik Jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larni hisobga olmagan holda Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishini ta’kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya iqtisodiyoti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish maqsadida Bundestag ajratilgan mablag‘larni cheklash masalasini ko‘rib chiqadi.

Dastlab Germaniya 2024 yilda Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun 4 milliard yevro ajratgan. Biroq, Bild xabar berishicha, deyarli barcha mablag‘lar va’da qilingan yordam uchun “zaxira qilingan”. Germaniya Mudofaa vazirligida yangi harbiy yordam paketlari uchun 120 million yevro qolgan, shuning uchun bo‘lim boshlig‘i Boris Pistorius qo‘shimcha mablag‘ ajratishni so‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »