Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan maxsus-tezkor tadbirlar davomida 38 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 27-noyabr kunidan boshlab Toshkent shahrida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida, kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi shaxslarni jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan maxsus-tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilgan maxsus-tezkor tadbirlar doirasida jami 38 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar orasida tovlamachilik, firibgarlik, qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish, giyohvandlik vositalarini saqlash, bezorilik kabi moddalar bilan ayblanayotganlar bor.

Ushbu maxsus tezkor-profilaktik tadbir doirasida “Psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi giyohvand vositalarini oldini olishga qaratilgan” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazib kelinmoqda. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida,

  • 135 ta giyohvandlik moddasi va 19 ta psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan;
  • 3 kilogramm 895 gr giyohvandlik moddalari va 10 878 dona kuchli taʼsir qiluvchi giyohvandlik vositalari hujjatlashtirib olingan.

Natijada, 116 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok”“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan shaxslar va yana uch kishi qo‘lga olingandi. Shundan so‘ng yana 10 kishi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi, 6-dekabr kuni yana 10 kishi qo‘lga olingani xabar qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »