Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

FIFA 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar yakuniy uch nomzod nomini e’lon qildi.

The Best sovrini uchun Erling Holand (“Manchester Siti” / Norvegiya terma jamoasi), Kilian Mbappe (“PSJ” / Fransiya terma jamoasi) va Lionel Messi (“Inter Mayami” / Argentina terma jamoasi).

Shuningdek, kengaytirilgan ro‘yxatdan Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Hvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”), Xulian Alvares (“Manchester Siti”), Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti” / “Barselona”), Rodri (“Manchester Siti”), Viktor Osimhen (“Napoli”), Deklan Rays (“Vest Hem” / “Arsenal”) va Marselo Brozovich (“Inter” / “An-Nassr”) kabi futbolchilar joy olgandi.

Ro‘yxat tuzish jarayonida futbolchilarning 2022-yil 19-dekabrdan 2023-yil 20-avgustga qadar natijalari hisobga olinadi. Shu tariqa JCH—2022 natijalari hisobga olinmaydi. 

G‘olib nomi 15-yanvar kuni aniqlanadi. So‘nggi bor Lionel Messi ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »