Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 13-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

F guruhida “PSJ” “Borussiya D” mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa nemis jamoasi hisobni ochdi. 51-daqiqada Karim Adeyemi o‘z nomini tabloga yozdirdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Zair-Emeri hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Milan” “Nyukasl” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq, ushbu g‘alaba ham milanliklarga yetarli bo‘lmadi. “Borussiya D” 11 ochko bilan, “PSJ” esa 8 ochko bilan pley-offga yo‘l oldi. “Milan” esa 8 ochko jamg‘argan bo‘lishiga qaramay, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha parijliklarga imkoniyatni boy berib, Yevropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

O‘z guruhida pley-off masalasini hal qilgan “Barselona” safarda “Antverpen” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. “Antverpen” safida Artur Vermeeren, Vinsent Yanssen va Jorj Ilenikena o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Kataloniyaliklar tarkibida esa Ferran Torres va Mark Giular gol mualliflariga aylandi.

Shuningdek, “Manchester Siti” “Srvena Zvezda” mehmoni bo‘ldi va 3:2 hisobida zafar quchdi. “Shaharliklar” safida Mika Hamilton, Oskar Bobb va Kalvin Fillipslar darvozani ishg‘ol qildi.


YCHL

6-tur

13-dekabr, chorshanba

“Borussiya D” – “PSJ” 1:1

Gollar: 1:0 – 51 Adeyemi, 1:1 – 56 Zair-Emeri.

“Nyukasl” – “Milan” 1:2

Gollar: 1:0 – 33 Joelinton, 1:1 – 59 Pulishich, 1:2 – 84 Chukvueze.

“Antverpen” – “Barselona” 3:2

Gollar: 1:0 – 2 Vermeren, 1:1 – 35 Ferran Torres, 2:1 – 56 Yanssen, 2:2 – 90 Giu, 3:2 – 90 Ilenikena.

“Srvena Zvezda” – “Manchester Siti” 2:3

Gollar: 0:1 – 19 Hamilton, 0:2 – 62 Bobb, 1:2 – 76 Xvan In Bom, 1:3 – 85 Fillips (penalti), 2:3 – 90 Katai.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »