Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Ma’lum qilinishicha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Saudiya Arabistonida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari Ar-Riyod shahrida ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar Saudiya Arabistoniga ishga ketishidan oldin ushbu davlat standartlari asosida o‘qitilishi alohida ta’kidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »