Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Go‘zallik tanlovining ko‘plab ishtirokchilari unutilmas taassurot qoldiradi. 1965-yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibi Apasra Xongsakula nafosat va go‘zallikning ajoyib namunasidir. Hozir u 76 yoshda bo‘lsa-da, hali ham hayratlanarli darajada yosh ko‘rinadi.

Apasra Xongsakula “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan birinchi Tailand vakilidir.

 
 
Foto: AdMe

Apasra Xongsakula hanuzgacha xalq g‘ururiga sabab bo‘lgan “Dunyo go‘zali” tanlovida 1965-yilda g‘olib chiqadi. Uning jozibasi va beqiyos go‘zalligi xalqaro sahnada katta taassurot qoldiradi, uning g‘alabasi esa hali ham Tailand go‘zallik tanlovlari tarixida muhim voqea bo‘lib qolmoqda.

Foto: AdMe
Foto: AdMe

Vaqt uning yoshiga o‘z hukmini o‘tkazolmaganga o‘xshaydi

Foto: AdMe

76 yoshida ham Apasra Xongsakula go‘zalligini saqlab qola olgan. Nabirasi bilan tushgan fotosuratda ko‘pchilik ayolning tashqi qiyofasini e’tiborsiz qoldirmaydi: “Buvijon juda yosh ko‘rinadi”. Apasra — “chiroyli qarish”ning haqiqiy namunasidir.

​Plastik jarrohlik ayblovlariga qaramay, Apasra go‘zallik sirlarini oshkor qildi

Foto: AdMe

Apasraning menejeri qarishga qarshi qimmat protseduralar haqidagi mish-mishlarni rad etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Apasra to‘lqinsimon soch turmagidan voz kechgan, hozirda uning sochlari tekis, tashqi ko‘rinishida boshqa hech narsa o‘zgarmagan.

Foto: AdMe

Uning tushuntirishicha, Apasra kundalik rejimining asosi o‘z-o‘zini parvarish qilish, jumladan, yaxshi ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va teri uchun quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishdan iborat.

Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »