Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turida “Real” 17-dekabr, yakshanba kuni “Vilyarreal”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 25-daqiqasida Luka Modrichning ajoyib uzatmasidan so‘ng Jud Bellinghem boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. 37-daqiqada esa Rodrigo madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda “Vilyarreal” hisobni qisqartirdi. 54-daqiqada Xose Luis Morales o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 64-daqiqada Braim Dias raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Luka Modrich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va uchrashuv “Real”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 42 taga yetkazdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


La Liga

17-tur bahsi

17-dekabr, yakshanba

“Real” – “Vilyarreal” 4:1

Gollar: 1:0 – 25 Bellinghem, 2:0 – 37 Rodrigo, 2:1 – 54 Morales, 3:1 – 64 Braim Dias, 4:1 – 68 Modrich.

“Real Madrid”: Lunin, Alaba (Nacho, 35), Ryudiger, Mendi (Fran Garsiya, 46), Valverde, Bellinghem (Sebalyos, 78), Modrich, Kroos (Tchuameni, 79), Vaskes, Braim Dias (Xoselu, 84), Rodrigo.

“Vilyarreal”: Yorgensen, Altimira, Albiol (Kuenka, 46), Mandi, Pedrasa, Aleks Baena (Terrats, 29), Kapu, Parexo, Axomash (Trigeros, 74), Jerar Moreno (Serlot, 46), Morales (Brereton, 79).

Ogohlantirishlar: Bellinghem (67), Altimira (67), Axomash (74), Tchuameni (84), Kapu (85).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »