Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polshaning Lyublin voyevodligi va Navoiy viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev amaliy safar bilan Polshaning Lyublin voyevodligida bo‘ldi. Safar davomida hudud rahbariyati, ishbilarmon doiralar vakillari va oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Lyublin voyevodligi marshali (hokimi) Yaroslav Staviarski bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston—Polsha hamkorligi holati va istiqbollari, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalar, Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo sanoati, turizm, migratsiya, sport va madaniy-gumanitar sohalarda Navoiy viloyati va Lyublin voyevodligi o‘rtasida hududlararo hamkorlikni o‘rnatishga oid bitim loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Polsha tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida tez suratlarda rivojlanib borayotgan mamlakat sifatida bilishini va amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Voyevodlig marshali Yaroslav Staviarski Navoiy viloyati hokimligi boshchiligidagi delegatsiyani Polshaga taklif qildi. O‘z navbatida, Lyublin voyevodligi delegatsiyasining 2024-yil may oyida O‘zbekistonga borishga tayyorligi maʼlum qilindi.

O‘zaro tashriflar davomida ikki mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda tegishli ishbilarmon doira vakillarining ishtiroki va qo‘shma biznes-forum tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Marshal o‘rinbosari Zbignev Voysexovskiy, Lyublin Savdo-sanoat palatasi prezidenti Dariush Yedlina hamda tibbiyot uskunalari, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Navoiy viloyatidagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali turli loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Lyublin iqtisodiyot va innovatsiyalar akademiyasi rektori Marek Opialek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ushbu oliy o‘quv yurti delegatsiyasining Navoiyga safarini uyushtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv natijasida Navoiyda mazkur akademiya filialini ochish va Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” loyihasi doirasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »