Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Elem Group kompaniyasi Rossiya armiyasini ta’minlayotganlikda ayblandi. Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirligi kompaniya yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda KazTAG xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

“7-dekabr kuni Elem Group MChJ AQSH Savdo vazirligi tomonidan savdo qilish cheklanadiganlar ro‘yxatiga kiritildi. Eslatib o‘tamiz, Elem Group MChJ 2023-yil may oyidan buyon tashqi savdo faoliyatini amalga oshirmagan. Joriy cheklovlar shundan dalolat beradiki, bundan buyon AQSHdan tovar yetkazib beruvchilar maxsus litsenziya olmasdan Amerika tovarlarini ushbu ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalarga jo‘nata olmaydi”, — dedi Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Savdo vazirligi tomonidan cheklovlarga duchor bo‘lgan kompaniyalar o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin, amerikalik kontragentlar bilan ishlash bundan mustasno.

“Ushbu ro‘yxatga Germaniya, Yaponiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan davlatlar korxonalari ham kiritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, bular ikkilamchi sanksiyalar emas, ya’ni AQSH G‘aznachiligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi ro‘yxatiga taalluqli emas”, — deyiladi xabarda.

Qozog‘istonning Elem Group kompaniyasi Ukrainadagi Rossiya armiyasini ta’minlaganlikda gumon qilinmoqda.

Iyun oyida o‘tkazilgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, Rossiyaning 2022-yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi ortidan Streloi E-Kommerts Qozog‘istonda joylashgan Elem Group sho‘ba korxonasidan ikki tomonlama maqsadli yuzlab mahsulotlarni qabul qilib olgan.

“Kreml doimiy ravishda Rossiyani urush davridagi iqtisodga aylantirmoqda, biroq Putinning urush mashinasi birgina mahalliy ishlab chiqarish bilan bardosh bera olmaydi. Bizning sanksiyalarimiz Rossiyaga o‘zining harbiy sanoat bazasini qurish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan komponentlar bilan ta’minlovchi uchinchi davlatning tayyor yetkazib beruvchilari va tarmoqlariga bosimni oshirishda davom etmoqda”, — deydi AQSH moliya vaziri Janet Yellen.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »