Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari ishlab chiqarish va eksportni oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

To‘qimachilik sanoatida kiyim-kechak, uy tekstili, mehmonxona uchun sochiq, choyshab, yostiq, matras, parda kabi o‘zimizda ishlab chiqarsa bo‘ladigan tovarlar asosan chetdan olib kelinayotgani qayd etildi. Shu bois aralash tola va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi. 

Buning uchun birinchi bosqichda 125 ming tonna sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta loyiha ishga tushirilishi belgilandi. Shuningdek, Andijon shahrida 15 million dollarlik, Samarqand shahrida 20 million dollarlik loyiha hisobiga sun’iy toladan parda va mebel matolari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda to‘qimachilikda yana kamida 700 million dollar qo‘shilgan qiymat yaratish, trikotaj bo‘yoqxonalar quvvatini 40 foizga, gazlama matoda – 30 foizga olib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratilishi belgilandi.

Bu mablag‘lar yirik tozalash inshootlari qurib beriladigan hududda bo‘yoqxonalar tashkil qilish loyihalariga beriladi. Ularga suvni tozalash inshootlari xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »