Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Slovo patsana” (“Yigit so‘zi”) kitobining muallifi Robert Garayev ayollarning jinoiy guruhlari haqida ham kitob yozadi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: DR

Robert Garayevning kitobi asosida suratga olingan “Slovo patsana” seriali keng ommalashdi. Ehtimol, Garayevning ayol guruhlariga bag‘ishlanadigan yangi kitobi asosida ham film suratga olinishi mumkin. Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, “ayollarning jinoiy dunyosi” ham qo‘rqinchli.

“Ayollarning jinoiy dunyosi erkaklarniki kabi katta emas, shuning uchun ham u qadar taniqli emas. Ammo ayollarning bir-biri va tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabati nuqtayi nazaridan, vaziyat juda qo‘rqinchli”, — dedi Robert Garayev.

Garayevning birinchi kitobi “Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970-2010-x” bo‘lib unda 1980–1990-yillarda Tataristondagi yoshlar guruhlari haqida so‘z boradi. Endi qizlar guruhi haqida ham shunday kitob yozish rejalashtirilmoqda. Muallifning Forbes nashriga aytishicha, ayollar to‘dalari haqida kitob yaratish g‘oyasi ancha oldin paydo bo‘lgan, ammo ayollar jinoiy o‘tmishlari haqida gapirishni istamagan. 

Ammo kitobim asosida “Yigit so‘zi. Asfaltdagi qon” serialining muvaffaqiyati ortidan vaziyat o‘zgardi: ayollar o‘z guruhlari haqida faolroq gapira boshladi, — deydi yozuvchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »