Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Komik aktrisa Halima Ibragimova “O‘zimizning gap” ko‘rsatuviga bergan intyervyusida prokuror bo‘lish orzusidan haliyam voz kechmagani, turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani hamda Yulduz Usmonovaning yonida yurishi haqida so‘zlab berdi. 



Halima Ibragimova yuridik institutga o‘qishga kirmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

— Men prokuror bo‘laman, derdim, haliyam shu niyatimdan qaytganim yo‘q. O‘tgan yili topshiraman degandim, ulgurmay qoldim, chunki ishlarim ko‘payib ketdi. Keyingi yil yuridik universitetga topshirib, prokurorlikka o‘qimoqchiman. Shu paytgacha uchta universitetni: san’at va madaniyat, moliya hamda Qozog‘istonda psixologiya yo‘nalishini bitirganman. Otam vafot etganidan so‘ng hamma orzularim singan. Onam otamdan keyin ancha siqilib qolgandi. 1996-yilda ishga kirib ketganman. 27 yildan beri ishlayman. Ota-onamdan keyin hech narsa qolmagan uyimda. Hamma narsaga o‘z mehnatim bilan erishganman. Bobom Farhod bozorining xo‘jayini bo‘lgan, o‘sha yerga buxgalter bo‘lib ishga kirganman.

Foto: Instagram



Aktrisa, shuningdek aktrisalik faoliyatidan pul topmasligi haqida ham so‘zlab berdi.


— Men shu paytgacha topgan narsalarimning hammasiga bozorda ishlab erishganman. Aktrisalik faoliyatimdan bir tiyin ham topmaganman. Uyimda shuncha narsa bor, lekin aktrisalikdan olgan pulimga bitta serviz ham ololmaganman. Oxirgi 7-8 yil ichida Instagram rivojlanganidan keyin birinchilardan bo‘lib, reklama olishni men boshlaganman. San’atkorlar boshida reklama qilishni o‘ziga ep ko‘rmasdi. Men pishiriqchimi, restoranmi, kafemi hamma narsani reklama qila boshlaganman. 23 yildan 18 yilini nom chiqarish, tanilish uchun qilganman. Bozordan ishlagan pulimni biznesga tikib qo‘yganman. Kerak bo‘lsa biznesdan tushgan pulimni san’atimga tikkan joylarim ham bo‘lgan.

Foto: Instagram



Halima Ibragimova oilasida kim ko‘proq pul topishi haqidagi savolga ham javob berdi.


— Oilada men ko‘proq pul topaman. Lekin xo‘jayinim ham o‘ziga yarasha pul topadi. Ro‘zg‘or xarajatlariga umuman aralashmayman. Bolalarning o‘qishi ham erimning bo‘ynida. Xo‘jayinimning ham bizneslari bor, men topayotgan pulim bilan ishi yo‘q, o‘zini ishini orqasidan o‘zi pul topib yuradi. Turmush o‘rtog‘im o‘zimdan 7 yosh kichik bo‘lgani uchun to‘yim rosa shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Boshida turmush qurish taklifini berganida ko‘nmaganman. U opamning qo‘shnisi bo‘lgan. Niyati jiddiy bo‘lgani uchun qaynonamni sovchilikka jo‘natganidan so‘ng rozi bo‘lganman. To‘yimiz 10 kun ichida bo‘lib ketgan. Erim hozir sal e’tiroz bildirib video olsam, “To‘polon qilma”, deb turadi. Bir kuni avtosalonda janjal ko‘tarsam, xodimlar “Oka, xotiningizni oling”, deyishdi. Xo‘jayinim esa bamaylixotir “Endi olib bo‘lmaydi”, deb javob bergan.

Foto: Instagram



Halima Ibragimova so‘nggi yillarda ko‘pincha O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan birga yuradi. Aktrisa buning sababiga ham to‘xtalib o‘tdi.


— Ko‘pchilik Yulduz Usmonovaning oldida yurishimning sababiga qiziqadi. Yulduz Usmonova hammaga ham dardini aytaveradigan inson emas. Yana ayrimlar Ozodaning oldida yurib, endi Yulduz bilan yuribdi, deyishadi. Lekin Ozoda opa bilan yurganimdan keyin necha yillar o‘tib, Yulduz Usmonova bilan tanishganman. Ozoda opaning uyida yurib, qancha sirlaridan boxabar bo‘lganman, lekin Alloh guvoh birontasini tashqariga chiqarmaganman. Chunki ota-onam tuz-non yegan joyimga xiyonat qilmaslikni o‘rgatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »