Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belgradda 18-dekabr kuni kechqurun muxolifat tarafdorlari parlament va mahalliy saylovlar natijalarini bekor qilishni talab qilib, norozilik aksiyasini o‘tkazdi. Saylovda prezident Aleksandr Vuchichning Serbiya progressiv partiyasi (SPP) g‘alaba qozongandi.

Aksiyani “Serbiya zo‘ravonlikka qarshi” muxolifat koalitsiyasi tashkillashtirdi. Namoyishchilar Belgrad shahar assambleyasi binosidan Respublika saylov komissiyasi (RSK) binosigacha yurib bordi.

Muxolifat vakillari ovoz berish paytida soxtalashtirishlar bo‘lganini da’vo qilib, saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Ular, xususan, Belgradda poytaxtda istiqomat qilmaydigan 40 mingdan ortiq odam shahar assambleyasiga saylovlarda SPP foydasiga noqonuniy ovoz berganini da’vo qilmoqda.

Namoyishchilar saylov komissiyasi binosiga tuxum, pomidor va hojatxona qog‘ozlarini uloqtirdi. Kichik guruh namoyishchilari RSK binosi oldidagi xavfsizlik devorini buzib o‘tishga uringan, biroq muxolifat yetakchilari yig‘ilganlarni “provokatsiyalarga berilmaslik” va xotirjamlikni saqlashga chaqirgan. “Ozodlik” radiosiga ko‘ra, namoyish to‘rt soat davom etgan, shundan so‘ng uning ishtirokchilari tarqala boshlagan.

Muxolifat yetakchilari Miroslav Aleksich (Xalq partiyasi) va Marinika Tepich (Ozodlik va Adolat partiyasi) ochlik e’lon qildi, ularning aytishicha, ochlik ovoz berish natijalari bekor qilinmaguncha davom etadi.

Serbiya davlat kanaliga ko‘ra, aksiyada 1 600 ga yaqin odam qatnashgan. Rossiyaning “TASS” agentligi Belgraddagi muxbiriga tayanib, “minglab” namoyishchilar haqida yozdi.

Ma’lumot uchun Serbiyadagi parlament saylovlarida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hukmron o‘ng qanot populistik Serbiya progressiv partiyasi 46,72 foiz ovoz to‘pladi. “Serbiya zo‘ravonlikka qarshi” muxolifat bloki 23,56 foiz, Serbiya Sotsialistik partiyasi 6,56 foiz ovoz oldi. Shu tariqa, Vuchichning partiyasi parlamentdagi 250 o‘rindan 127 tasini oladigan bo‘ldi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) vakillari OAVning muxolifatga nisbatan tarafkashligi, Aleksandr Vuchichning ta’siri va ovoz berishdagi qonunbuzarliklar tufayli saylovlarda “adolatsiz ustunlik” bo‘lganini aytdi.

O‘z navbatida, Germaniya tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomiga ega bo‘lgan davlat uchun bunday qonunbuzarliklarni “nomaqbul” deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »