Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso “InfoVojna” nashriga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi bo‘lishini, chunki bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatishini aytdi.

“Biz saylovlardan oldin aytgan edik, agar gap Ukrainaning NATOga aʼzoligi haqida ketayotgan bo‘lsa, bu biz uchun muammo bo‘ladi, men buni Yens Stoltenberg bilan bo‘lgan uchrashuvda ham aytdim. Biz Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘lmaymiz, chunki bu uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi... Men ishonamanki, bu hech qachon sodir bo‘lmaydi. Slovakiya siyosiy sahnasiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatim bor ekan, men bunday qarorga veto qo‘yish huquqidan foydalanaman”, — dedi Fitso.

 
Foto: “Gazeta.ru”

Shuningdek, u Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun ko‘p yillar kerakligi, hozir esa mamlakat bunga tayyor emasligini ta’kidladi.

“Agar Ukrainani siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun shunday siyosiy yo‘l tutish kerak bo‘lsa, unda menda hech qanday e’tiroz yo‘q edi. Parlament saylovlari oldidan ham men buni aytdim. Agar Yevropa Ittifoqi Ukrainani qabul qilmoqchi bo‘lsa, bu muammo emas. Lekin Ukraina buning uchun barcha shartlarni bajarishi kerak”, — dedi Fitso.

14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan YI sammitida Ukraina va Moldovani Yevropa Ittifoqiga bo‘lajak aʼzoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso buni izohlar ekan, Ukraina bilan muzokaralarni boshlash qarori faqat siyosiy yo‘l ekanligini, mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga tayyor emasligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »