Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 20-noyabrdan 17-dekabrgacha dunyo bo‘ylab 850 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holatini qayd etdi. Bu avvalgi 28 kunlik davrga nisbatan 52 foizga ko‘pdir. 

Foto: AFP

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt ichida kovid tufayli uch mingdan ortiq odam vafot etgan, bu avvalgi davrga nisbatan 8 foizga kam. Kasallanishning yangi holatlari Rossiyada kuzatilgan. Jumladan, 279 359 kishida koronavirus aniqlangan, bu avvalgi 28 kunlik davrga nisbatan 130 foizga ko‘pdir.

JSST Rossiyadan tashqari, eng ko‘p kasallanish holatlari Singapur (120 898 ta yangi holat; o‘sish 86 foiz), Italiya (114 795 ta holat; 10 foiz o‘sish), Polsha (39 828 ta holat; 82 foiz o‘sish) va Avstraliyada (39 505 ta holat, 12 foiz o‘sish) kuzatilganini ma’lum qildi.

Umuman olganda, 2023-yil 17-dekabr holatiga ko‘ra, dunyoda 772 milliondan ortiq tasdiqlangan koronavirus holatlari qayd etilgan va qariyb yetti million kishi vafot etgan.

  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023-yil may oyida COVID-19 tarqalishini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb hisoblashni to‘xtatganini e’lon qildi. Tashkilot 2020-yil yanvar oyida kovidni favqulodda holat deb e’lon qilib, mart oyida kasallikning tarqalishini pandemiya sifatida tavsiflagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »