Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev O‘zbekiston bayrog‘ini xonadonlarga o‘rnatish haqida gapirib, davlat tashkilotida ishlovchi, siyosiy faol rahbarlar bunda namuna ko‘rsatishi kerakligini aytdi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” jurnalistiga ko‘ra, viloyat rahbari mazkur masala haqida yoshlar bilan muloqotida gapirgan. 

23-dekabr kuni Yuqori Chirchiq tumanida bo‘lgan Zoir Mirzayev va sektor rahbarlari viloyatdagi mavjud shahar va tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan. 

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
Xabaringiz bor, O‘zbekistonda shu paytgacha davlat bayrog‘ini davlat muassasasi tomidan boshqa joyga osish mumkin emasdi. To‘g‘rimi, xonadonlarga osishga ruxsat berildimi? Qaysi yetakchining tomida davlat bayrog‘i osilgan turibdi? Qaysi mahalla raisining yoki qaysi viloyat tashkiloti rahbari uyining tomida davlat bayrog‘i osilgan turibdi? Kechirasiz-ku, davlat siyosati ichida yurgan odam bu - o‘rnak, bu shaxsiy namuna. Boshqa davlatlarga borsangiz, balkonlarda minglab bayroqlar osilgan turibdi. Kim namuna ko‘rsatadi? Bu yerga siyosat ichida yurgan, eng ilg‘or qatlam yig‘ilgan, kelajak egalari yig‘ilgan, — dedi Zoir Mirzayev bu haqda gapirar ekan. 
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Hokim so‘nggi paytlarda biror ish qilmoqchi bo‘lganlarning pul bering, deyishi avjga chiqayotganini ta’kidladi. 

Foto: Nozim Abdulla
Biz pul bering, palon ish qilaylik, pul bering piston ish qilaylik deyishga rosa o‘rgandik-da. Bepul ishni shunday qilingki, ishingizni ko‘rgan odam shuncha tashabbus qilibsan, yana rivojlanish uchun nima qilib beray deb, o‘zi pul beradigan darajada harakat qilsin, — dedi u. 
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Yoshlar bilan uchrashuvda ma’lumot bergan Zoir Mirzayevga ko‘ra, Toshkent viloyati aholisining 50,02 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Avvalroq O‘zbekiston davlat bayrog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirilib:

  • bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
  • bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
  • xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkinligi belgilangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »