Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 13 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelayotgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda videoda 2010-yilda tug‘ilgan S.R.ga otasi S.S.ning turmush o‘rtog‘i S.Sh. tomonidan zo‘ravonlik qilingani holati ekani aniqlangan. Bu fakt yuzasidan S.S. ham tuman IIBga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga yetmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o‘tkazildi. Hozirda bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilganligini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Qaramog‘ida bo‘lgan bolaga zo‘ravonlik qilgani aytilayotgan S.Sh.ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.

Mazkur fakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »