Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi zo‘ravonlikka qarshi jamoat harakati “Nemolchi.kz” asoschisi va jamg‘arma rahbari Dinara Tansarini qidiruvga berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: “bureau.kz”

Dinara Tansarini qidirish bilan Ust-Kamenogorsk ichki ishlar boshqarmasi shug‘ullanmoqda.  “Nemolchi.kz” jamoat fondi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatadi.

“Ba’zan Tansari noxolislikda, asossiz ayblovlar qo‘yishda, yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblanayotgani sababli jamg‘arma faoliyati tanqid qilinadi”, — deb yozadi ZTB Qazaqstan nashri.

Tansarining o‘zi Instagram’da tergovchilar uni hibsga olish uchun order tayyorlab qo‘yganini aytdi.

“Biz sanksiyalar bo‘yicha tergov sudiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Lekin hali ham hujjatlar bilan tanishtirishmagan — 170 ta hujjat hali bizga taqdim etilmagan”, — deb yozgan u.

Avvalroq Dinara Tansari firibgarlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi. Bu haqdagi maʼlumotni Sharqiy Qozog‘iston viloyati IIB matbuot xizmati tasdiqlagan. Boshqarma ish tafsilotlarini e’lon qilmagan, faqat ijtimoiy faolga nisbatan boshlangan tergov haqida ma’lumot bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »