Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

AQSH Davlat departamenti Isroilga 155 mm M107 artilleriya snaryadlari va tegishli asbob-uskunalarni zudlik bilan sotishni maʼqulladi. Bu haqda Pentagon tarkibiga kiruvchi Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi xabar qildi.

“Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlash tarafdori. Isroilga o‘zini o‘zi mudofaa qilish qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda yordam berish AQSH milliy manfaatlari uchun juda muhimdir. Taklif etilayotgan savdo ushbu maqsadlarga mos keladi”, — deyiladi departament bayonotida.

Foto: Google Images

Ommaviy axborot vositalarining ushbu mavzu bo‘yicha xabar berishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressni favqulodda vaziyat to'g'risida xabardor qilgan. Bu esa o‘q-dorilarni yetkazib berish muddatini tezlashtirishga yordam beradi.

Snaryadlarning umuniy qiymati 147,5 million dollarni tashkil qiladi. O‘q-dorilar Pentagon zahiralaridan yetkazib berilishi qo‘shimcha qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »