Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Matbuotda chop etilgan xabarlarga qaramay, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini “muzokaralarga tayyor odamdek tutmayapti”, deb hisoblaydi AQSH Davlat departamenti. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Foto: “Defense.gov”
“So‘nggi bir necha kun ichida baʼzi OAV xabarlarida Putin muzokaralar olib borishni xohlayotgani haqida ko‘rgan shov-shuvlarimga qaramay, u o‘zini muzokaralar olib borishga tayyor odamdek tutmayapti”, — dedi Kirbi brifingda.

Yaqinda Rossiyaning Ukraina shaharlariga qilgan hujumlarini misol qilib keltirgan Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Putin ukrainaliklarning “oyoqqa turmasligi”, AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan Ukraina uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam so‘rovi Kongress tomonidan qabul qilinmasligi uchun “qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda”.

Dekabr oxirida The New York Times rossiyalik va amerikalik rasmiylarga tayanib, Putin sentyabr oyidan boshlab turli diplomatik kanallar orqali Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligi haqida “ishoralar berayotganini” yozdi. Gazeta manbalariga ko‘ra, Putin vositachilar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga va amaldagi chegaralar doirasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirgan.

27-dekabr kuni AQSH Ukrainaga 2023-yilda 250 million dollarlik harbiy yordamning oxirgi paketini e’lon qildi. Kirbi avvalroq ushbu paket jo‘natilganidan keyin Ukrainaga yordam uchun mablag‘ tugashini aytgan va Kongressni qo‘shimcha moliyalashtirishni tasdiqlash jarayonini tezlashtirishga chaqirgan edi.

Shu bilan birga, 29-dekabr kuni rus qo‘shinlari Ukrainaning bir qator viloyatlari va shaharlariga, jumladan Kiyevga urush boshlanganidan beri eng yirik hujumlardan birini uyushtirdi. Kiyev va Xarkovga 31-dekabrda, so‘ng 2-yanvarga o‘tar kechasi yangi zarbalar berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »