Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afsuski, qish nafaqat Yangi yil bayrami, balki shamollash uchun ham qulay mavsumdir. Ayniqsa, yanvar oyining ilk kunlarida tomoq og‘rig‘i bilan uyg‘onish yangilik emas. Lekin insonlar sevib iste’mol qiladgan bir qancha mahsulotlar tezroq tuzalishni sezilarli darajada sekinlashtiradi. Marie Claire nashri tomoqda og‘riq, yo‘tal va qichishish xususiyati bo‘lsa, qaysi mahsulotdan voz kechish kerakligini ma’lum qildi.

Qarsildoq yeguliklar

Foto: Marie Claire


Chips, kreker va shunga o‘xshash gazaklar qattiqligi tufayli shamollashning noxush alomatlarini oshiradi. Ulardan tiyilishning iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda iliq choyga botirib olib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Achchiq mahsulotlar

Tomoq og‘riganda, ratsiondan barcha achchiq sous va gazaklarni chiqarib tashlash lozim, ular faqat og‘riq va yo‘talni kuchaytiradi.

Sitruslar

Foto: Marie Claire

To‘g‘ri, ular C vitaminiga boy va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ammo kislotaliligi tufayli tomoqdagi yallig‘lanish xususiyati ortadi. Agar tomoq og‘rig‘i alomati bo‘lsa, kasallik tuzalguncha limon va apelsin iste’mol qilishni to‘xtatib turgan ma’qul.

Barra sabzavotlar

Sabzavotlar, albatta, juda foydali, lekin tomoq og‘rig‘i vaqtida emas. Chips va krekerlar singari sabzavotlar ham shilliq qavatni tirnaydi va tuzalishni qiyinlashtiradi. Ularni kasallik vaqtida pishirib, pyure holida iste’mol qilish mumkin.

Qovurilgan taomlar

Foto: Marie Claire


Qovurilgan yeguliklar, masalan, kartoshka fri, tovuq, naggets va boshqalar tomoqda qo‘shimcha yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun kasallik paytida qaynatilgan va dimlangan taomlarga ustunlik berishni unutmaslik lozim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »