Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir qarashda Marvel olamining bir qismi bo‘lish — eng katta orzu. Qaysi aktyor buni xohlamaydi? Ammo hammasi ham tashqaridan ko‘ringandek havas qilarli emas.

Idris Elba — “Tor: zulmat saltanati”

Heymdall roli tufayli cheksiz qudratga ega bo‘lish Idrisga quvonch keltirmaydi. Shu roli sabab u boshqa dunyolarni ko‘radi va Asgardda hamma narsani nazorat qila olardi. Bu yerda gap karyera o‘sishi haqida ketmayapti, balki filmdagi obrazi haqida edi. Darvozalarni ochish kabi bir xil ish bilan shug‘ullanish aktyorning joniga tegadi va u loyihadan ketishga qaror qiladi.

Terrens Hovard — “Temir odam”

Toni Stark haqidagi birinchi film superqahramonlar uchun haqiqiy topilma bo‘ldi. Albatta, ko‘plab aktyorlar yaxshigina gonorar oladi. Ular orasida Terrens ham bo‘lgan. Biroq gonorarning katta qismi kichik Robert Dauniga berilishi kerak edi. Aynan shu adolatsizlik tufayli Hovard Marvelni tark etadi.

Mikki Rurk — “Temir odam 2”

Aktyor yovuz Ivan Vanko obraziga o‘ta mas’uliyat bilan yondashadi. U darhol rejissor Jon Favroga o‘z xarakterini ko‘p qirrali shaxsga aylantirmoqchi ekanligini aytadi. Ammo keyin nima bo‘ldi?

“Ular menga shunday qilishimga ruxsat berishdi. Afsuski, Marvel shunchaki bir tomonlama yovuz odamni xohladi — men ishtirok etgan ko‘plab kadrlarni kesib tashlashdi”.

Jessika Alba — “Fantastik to‘rtlik: kumush syorferning yuksalishi”

Aktrisaning fikricha, asosiy muammo jamoaga erkinlik berilmaganida. Uning filmdagi qahramonini ko‘z yoshlari ham nazorat qilingan. Rejissorning aktrisaga qarata: “Juda real yig‘layapsiz. Bu juda achinarli ko‘rinadi. Yig‘laganingizda go‘zalroq bo‘la olasizmi? Chiroyliroq yig‘lang, Jessika”, degan gapi aktrisaning nafsoniyatiga tekkan va u loyihani tark etgan.

Jeremi Renner — “Qasoskorlar”

Jeremi Marvel olami va o‘zining qahramonini yaxshi ko‘rishiga qaramay, “Qasoskorlar” filmini mamnuniyat bilan esga olmaydi. Gap shundaki, filmda uning qahramoni Loki irodasiga bo‘ysunib, yolg‘on xudosining qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanadi:

“Filmdagi obrazimni yovuz deb atash ham mumkin emas, shunchaki uning ongi yo‘q. Qahramonimni chegaralab qo‘yishdi. Men ko‘plab tryuklar bajara olardim, lekin hamma narsani robot kabi hissiyotlarsiz qilishim kerak edi”, — deb norozi bo‘ladi aktyor.

Jennifer Garner – “Qo‘rqmas”

Filmda aktrisa Elektra rolini o‘ynaydi. Jennifer mazkur loyiha haqida gapirmaslikka harakat qiladi, lekin suratga olish uning uchun yoqimsiz xotiraga aylangan.

“To‘g‘risini aytsam, bu haqda gapirishdan uyalaman. Chunki boshqaruv Kevin Feyj qo‘liga o‘tgach, Marvel’dagi hamma ishlarning sifati tushib ketdi: film ssenariylari ham, rejissorlik ishi ham, film ichidagi komedik jihatlar ham. O‘sha paytda menda ham hozirgidek tajriba yo‘q edi”, — deb shikoyat qiladi Garner.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »