Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi 12-yanvar kuni start oladi. 

24 ta terma jamoa Osiyo birinchiligi uchun kurash olib boradi. Musobaqa startidan oldin raqamlar va faktlarga nazar solamiz.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar

Musobaqa mezboni Qatar safida 175 ta o‘yin o‘tkazgan Hassan al-Haydos turnirdagi rekordchiga aylandi. “As-Sadd” hujumchisi faoliyati davomida 4-marta ushbu turnirda ishtirok etadi. 34 yoshli futbolchi bundan oldin 2011, 2015 va 2019-yillarda ham Qatar bilan birgalikda musobaqada ishtirok etgan.

Ikkinchi o‘rinni esa O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Hindiston terma jamoasi futbolchisi Sunil Chetri egalladi. Uning hisobida 145 ta o‘yin mavjud. Uchinchi o‘rinda esa Eron futbolchisi Ehson Hojisafi (132 ta o‘yin) joy olgan.

Eng yoshi kattalar

Qatar—2023 musobaqasida ro‘yxatdan o‘tgan 624 nafar futbolchi ichida Tailand a’zosi Sivarak Tedsungnoen eng qariya futbolchi hisoblanadi. Darvozabon 1984-yil 20-aprelda tavallud topgan. Musobaqa 12-yanvar kuni boshlanishini hisobga olsak, posbon 40 yoshda bo‘ladi.

Ikkinchi o‘rinda undan 4 oyga kichik hindistonlik Sunil Chetri qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni bahraynlik Savid Jafar (38 yosh) egallab turibdi.

Yosh yulduzlar

Iste’dodli futbolchilar Dohada ham o‘zini ko‘rsatishga tayyor. O‘sib borayotgan yulduzlar orasida Qirg‘iziston vakili Beknaz Almazbekovni (18 yosh 6 oylik) e’tirof etish mumkin. Shuningdek, iroqlik Montader Majed (18 yosh 4 oylik) va indoneziyalik Marselino Ferdinan (2004-yil 9-sentabrda tug‘ilgan) eng yosh futbolchilar qatoridan joy olgan. 

Albatta, bu borada O‘zbekiston safida Abbosbek Fayzullayev (2003-yil 3-oktyabr) va Abduqodir Husanovlar (2004-yil 29-fevral) ushbu turnirda o‘zini har tomonlama ko‘rsatishiga umid qilamiz.

Nagatomo rekordini yangilash

Yaponiyalik futbolchi Yuto Nagatomo Osiyo Kubogida 16 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, terma jamoa bilan birgalikda 2011-yilda chempion bo‘lgan, 2019-yilda esa kumush medal sohibiga aylangan. Uning eng yaqin ta’qibchilari Janubiy Koreya vakili Son Hyon Min va BAA futbolchisi Ali Mabhut hisoblanadi. Ikkala futbolchi ham turnirda 12 tadan o‘yin o‘tkazgan.

Keyingi o‘rinlardan esa Met Rayan (Avstraliya), Chjan Linpeng (Xitoy) hamda Ehson Hojisafi (Eron) joy olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »