Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ishchi-xodimlari maoshlari kamaytirilgani haqida xabar tarqaldi. Tashkilot mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llar”ning 2023-yil 7-dekabrda “Prezidentning 2023-yil 17-noyabrdagi farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i imzolangan bo‘lib, unda ish haqi miqdorini oshirish belgilanmagan hamda ish haqi miqdorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Mazkur buyruqda Mehnat kodeksi, Tarmoq jamoa kelishuvi va me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan moddiy yordam, mukofot, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va boshqa shu kabi to‘lov miqdorlarining 2023-yil 1-dekabrdan yangi miqdorlari tasdiqlangan.

Prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq temiryo‘l sohasida transformatsiya, raqamlashtirish, yo‘lovchi va yuk tashishda xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, barqaror investitsiya muhitini yaratish, harakat tartibini yangilash va moliyaviy holatni mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan bo‘lib, hozirda bu borada jamiyatda amalga oshirilmoqda.

Shu sababli qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, jamiyatning moliyaviy holati barqarorlashganda ish haqi miqdorlarini qo‘shimcha tarzda oshirish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »