Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sinoptiklar Qozog‘istonda 6—8-yanvar kunlari qanday ob-havo kuzatilishini prognoz qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: “akzent.zp.ua”

Prognozga ko‘ra, yaqin kunlarda faol Atlantika sikloni va u bilan bog‘liq bo‘lgan atmosferaning frontal qismlari ta’sirida Qozog‘istonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi, janubiy viloyatlarda esa yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

6-yanvar kuni shimoli-g‘arbda kuchli qor yog‘ishi, janubda yomg‘ir va qor shaklida kuchli yog‘ingarchilik, 7—8-yanvar kunlari shimoli-g‘arbiy, shimoliy va markazda kuchli qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning shimoliy yarmida kuchli yog‘ingarchilik bilan birga, yerlarning muzlashi va qor bo‘roni kuzatiladi. Respublika bo‘ylab tuman tushishi, shamol kuchayishi kutilmoqda.

“Sovuq havo massalarining kirib kelishi shimoli-g‘arbiy antisiklonning shiddati bilan bog‘liq bo‘lib, bu mamlakatning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy, shimoli va sharqida haroratning keskin pasayishiga olib keladi. 

Shunday qilib, kechasi g‘arb va shimoli-g‘arbiy hududlarda havo harorati 8-25 darajagacha, shimoliy hududlarda 5-30 darajagacha, respublika sharqida esa 5-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Janubiy viloyatlarda kechasi havo harorati 5 daraja sovuq va 7 daraja iliq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »