Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 16 yoshli qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka” xabar bermoqda.

Illyustrativ foto: “URA.ru”

Hodisa 1-yanvarga o‘tar kechasi Zvenigorskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi voyaga yetmagan jabrlanuvchini ko‘pqavatli uyning zinapoyasida uchratib qolgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avvaliga u qizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan, so‘ngra kiyimlarini yirtib tashlagan. O‘z navbatida, qiz agressiv qarshilik ko‘rsatgan va erkakka yengil jarohatlar yetkazib, qochishga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarosi 2-yanvar kuni qo‘lga olindi, unga zo‘rlashga urinish va jinsiy zo‘ravonlik aybi qo‘yildi. Shuningdek, u Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan yurgani maʼlum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »