Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 infeksiyasini yuqtirmaslik uchun niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlashga qaytishni maslahat bermoqda. 5-yanvar kuni JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Twitter’da (X) joylagan postida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Foto: Unsplash
“COVID-19, gripp va boshqa patogenlar keltirib chiqaradigan nafas yo‘llari kasalliklari ko‘plab mamlakatlarda bir necha hafta davomida o‘sib bormoqda va so‘nggi bayramlardan keyin ham davom etishi kutilmoqda”, — deyiladi postda.

JSST rahbari niqob, emlash va test kabi samarali himoya vositalarini eslatdi.

“Testdan o‘ting va agar zarur bo‘lsa, yordam so‘rang, chunki COVID-19 ni davolash og‘ir kasallik va o‘limning oldini olishi mumkin. Ta’sirni kamaytirish uchun niqoblardan foydalanish, xonalarni shamollatish va masofa saqlashni davom ettiring, o‘zingiz va yaqinlaringiz COVID-19 hamda grippga qarshi emlaning”, — deb tavsiya qildi Gebreyesus.

Avval JSST 20-noyabrdan 17-dekabrgacha dunyo bo‘ylab 850 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holatini qayd etgandi. Bu avvalgi 28 kunlik davrga nisbatan 52 foizga ko‘pdir. Kasallanishning yangi holatlari Rossiyada kuzatilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »