Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekistonda nobank moliya tashkilotlari sektorini iqtisodiyotga investitsiya kirituvchi manba sifatida rivojlanish darajasini tahlil qildi. 

Jahon moliya bozorida nobank moliya tashkilotlari kapital resurslar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarga bo‘lgan yalpi talabni qondiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) 2023-yilgi hisobotiga ko‘ra, jahonda nobank moliya sektorining umumiy aktivlari qiymati 160 trln AQSH dollarini tashkil etadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda nobank moliya sektorining jami investitsiyalari hajmi muttasil ortib bormoqda. Agar 2020-yilda nobank moliya tashkilotlari sektorining jami investitsiyalari hajmi 5,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilning dastlabki 6 oyida bu ko‘rsatkich 9,1 trln so‘mga yetdi. O‘z navbatida, bu davrda nobank moliya tashkilotlari investitsiyalarining YIMga nisbati mos ravishda 1,6 foizdan 2,9 foizgacha oshdi.

Shunga qaramay, sohaning bugungi rivojlanish darajasi dunyoning rivojlanayotgan yetakchi mamlakatlaridagidan ortda qolmoqda. Masalan, nobank moliya tashkilotlari aktivlarining YIMga nisbati Tailandda 59,9 foizni, Qozog‘istonda12,7 foizni, Turkiyada 10,3 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning dastlabki yarmi yakuniga ko‘ra, nobank moliya tashkilotlari tomonidan kiritilgan investitsiyalarning 45,3 foizi lizing xizmatlari, 38,7 foizi sug‘urta bozori ishtirokchilari, 16,0 foizi fond birjasining ulushiga to‘g‘ri kelgan. 

Foto: Google Images

Lizing kompaniyalari portfelining umumiy hajmi 6,6 trln so‘mni tashkil qiladi. Uning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi texnikasi (36,0 foiz), texnologik uskunalar (26,5 foiz) va avtotranspor (26,0 foiz) lizingiga to‘g‘ri keladi. Lizing bozorida banklar ulushi bilan birga avtotransport vositalari lizingi ham keskin kamayishi kuzatilmoqda. Bu esa banklarning faol avtokreditlash siyosati natijasi bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta kompaniyalarining jami investitsiyalari hajmi 5,1 trln so‘mni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ asosan depozitlar (63,4 foiz), qimmatli qog‘ozlar bozori (24,4 foiz) hamda ko‘chmas mulk bozoriga (8,2 foiz) yo‘naltirilmoqda. Investitsiya kiritishning nisbatan xavfsiz shakli hisoblangan bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkasining o‘sishi bank depozitlarida sug‘urta kompaniyalari investitsiyalari hajmining ortib ketishini keltirib chiqardi. 

“Toshkent” respublika fond bozorida yanvar—iyun oylarida jami 2,1 trln so‘mlik bitimlar imzolangan. Bitimlarning 93,8 foizi aksiyalar, 3,5 foizi obligatsiyalar, 2,6 foizi birlamchi ommaviy savdolarning (IPO) hissasiga to‘g‘ri keladi. Korporativ obligatsiyalar hajmining kamligi fond birjasiga obligatsiyalarni joylashtirish tartibini takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida korxonalarga bank kreditlarining muqobil manbalaridan foydalanish imkonini beradi. 

O‘zbekistonda nobank moliya sektorini rivojlantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi:

  • Lizing tashkilotlari tomonidan biznes va aholiga taklif etilayotgan xizmatlar tarkibida energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan quyosh panellari va kichik gidroelektr stansiyalar kabi zamonaviy texnologiyalar hajmini oshirish kerak.
  • Hayot sug‘urtasi va tibbiy sug‘urta kabi xizmatlarni amaliyotga keng joriy etish orqali sug‘urta bozorining faolligini oshirish lozim. 
  • Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushini oshirish maqsadida Respublika fond birjasini xususiylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadga muvofiq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »