Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Emmi” televizion mukofotining 75-marosimi “texnik qismi” g‘oliblari aniqlandi.

Foto: Legion-media

The Last of Us o‘yini asosida yaratilgan HBO telekanalining “So‘nggi inson” seriali sakkizta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Aktrisa Storm Rayd serialdagi Rayli roli uchun “Drama serialiga taklif qilingan eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. U shuningdek, “Eng yaxshi taklif qilingan aktyor” mukofotiga ham loyiq ko‘rildi.

FX telekanalining “Ayiq”, Netflixʼning “Uenzdey”, HBO telekanalining “Oq nilufar” seriallari to‘rtta nominatsiya bo‘yich nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi. Netflix tomonidan suratga olingan “Nizo” seriali esa uchta nominatsiya bilan taqdirlandi.

Nufuzli mukofotning musiqa yo‘nalishida Ed Shiran tomonidan “Ted lasso” serialida kuylangan Beautiful Game qo‘shig‘i “Eng yaxshi musiqa” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. Qo‘shiq Maks Martin va Foy Vens tomonidan hammualliflikda yozilgan.

Bu yilgi marosim g‘oliblari tarixda birinchi marta yangilangan mukofot haykalchasi bilan taqdirlandi. Asosiy taqdirlash marosimi 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: Emmys.com

Tashkilotchilar mukofotning yubileyini shu tarzda nishonlashni istagan, shuningdek, har 75 yilda Quyoshga qaytadigan Galley kometasidan ham ilhomlangan.

“Biz yubileyning tarixini munosib hurmat qilish yo‘lini izladik. ‘Emmi — bu mukammallik’. Qaysi davrda yashashimizdan qatʼi nazar, bu standartlar o‘zgarmadi”,— deydi teleakademiya prezidenti Mori MakIntayr.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »