Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya 2025-yilda NATOga a’zo bo‘lgach, Latviyaga 800 nafar harbiy xizmatchi yuboradi. Bu haqda Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson “Xalq va mudofaa” anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya hukumati qisqartirilgan batalyon a’zolari  Kanada boshchiligidagi NATO kuchlarining tarkibida qatnashishi haqida qaror qabul qilgan. Bu harbiylar guruhi Latviyada faoliyat olib boradi.

Foto: Google Images

Shvetsiya janubidagi Lund shahri yaqinida joylashgan P 7 polkidan yuborilgan shved harbiylarining vazifasi mamlakat chegarasini qo‘riqlash bo‘ladi.

Ular NATOning Enhanced Forward Presence (EFP) qo‘shinining bir qismi bo‘ladi, unda turli a’zo davlatlar blokning eng sharqiy mamlakatlarida qisqa vaqtga qo‘shinlarini joylashtiradi. Latviyadagi EFP kuchlari Kanada tomonidan boshqariladi va 2 mingdan ortiq harbiyga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »