Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Parhez qilmay turib, vazn tashlash mumkin emas deb o‘ylaganlar yanglishadi. Salomatlik uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni ratsionga kiritish orqali ham ijobiy natijaga erishsa bo‘ladi. “Domashniy ochag” nashri bu borada yordam beradigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Noviy ochag”

Qahva

Foto: “Noviy ochag”

Qahva, ayniqsa, tonggi mashg‘ulotlardan 1 soat avval iste’mol qilinsa, yaxshi ta’sir qiladi, jismoniy mashg‘ulotlarning samarasi 15 foizga oshadi. Aslida, metabolizmni yaxshilab, yog‘larni yaxshi eritgani hisobiga mashg‘ulotlarsiz ham foydali hisoblanadi.

Banan

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu meva nafaqat qomat, balki yurak faoliyati uchun ham foydali. Atigi bir donasi organizmni kaliyning kunlik me’yori bilan ta’minlaydi.

Tuxum

Foto: “Noviy ochag”

Qorinni to‘q tutgani va ortiqcha ovqatlanishning oldini olgani sabab ham tuxum nonushta uchun ayni muddao hisoblanadi. Uning sarig‘ida organizm uchun muhim bo‘lgan D vitamini bisyor.

Qorag‘at

Foto: “Noviy ochag”

Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki yogurtga qo‘shib iste’mol qilingan qorag‘at nafaqat ozishga yordam beradi, balki miya va qon tomirlar salomatligi uchun ham muhim sanaladi. Uning tarkibidagi antioksidantlar salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun foydali.

Choy

Foto: “Noviy ochag”

Qora, ko‘k choy yoki shunchaki yalpiz va moychechakdan damlangan choy ozishga yordam beradi. Antioksidantlar metabolizmni jadallashtiradi, yalpizning xushbo‘y ifori esa ochlik hissini, moychechak esa stressni kamaytiradi.

Sut mahsulotlari

Foto: “Noviy ochag”

Sut tarkibidagi yog‘ kislotalari foydali moddalarning balansda bo‘lishini ta’minlab, metabolizmni jadallashtiradi. Oqsilga boy ekani hisobiga qorinni to‘q tutadi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »