Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbek sanʼatining primadonnasi Yulduz Usmonova har yilgi konsertini o‘zgacha shukuh va katta tayyorgarlik bilan o‘tkazadi. Undan ancha keyin sanʼatga kirib kelgan xonandalarning ko‘pchiligi “Endi konsert bermayman”, deb chiqayotgan bir vaqtda xonanda har yili 14-15 kun jonli ijroda kuylab, muxlislarini quvontiradi.

Foto: “Daryo”
 

Xonandaning bu yilgi konserti ham 13 kun o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo talab bo‘lsa, yana bir-ikki seans qo‘shilishi hech gap emas. Xonanda jurnalistlarni konsert tayyorgarligiga taklif etdi va muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.

Foto: “Daryo”

— Bu yilgi konsert repertuarida yangi qo‘shiqlar bilan birga 1990-yildan to 2005-yilgacha ijro etilgan eng hit qo‘shiqlar ham o‘rin olgan. O‘tgan yili retro konsert ham bergandik. Odamlar juda yaxshi qabul qilishdi, chunki keyingi paytlarda eski qo‘shiqlarga bo‘lgan talab nihoyatda yuqori. Bu yil konsert berib, 2-3-yil dam olmoqchiman. Biroz konsertdan tanaffus qilib, eʼtiborni ijodning boshqa tomonlariga qaratish niyatim bor. Shu o‘rinda yana bir gap, “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert berish uchun juda katta mablag‘ to‘laymiz. Ammo sharoitlari u qadar yaxshi emas. Pulini to‘layapmizmi, sharoiti ham ko‘zni quvontirishi kerak. Zora 2-3-yildan keyin ozgina taʼmirlash ishlarini qilib, olayotgan ijara pullariga yarasha ijodkorlarga sharoit qilib berishsa, — deydi Yulduz Usmonova.

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonova konsert xarajatlari uchun qancha mablag‘ sarflaydi va konsertlari o‘zini oqlaydimi?

Foto: “Daryo”

— Juda katta mablag‘ sarflanadi. Boya shu masalada gaplashganimda ishtirokchilarning o‘ziga 100 ming AQSH dollaridan ziyodroq mablag‘ “tikib” qo‘yildi. Hali oldinda sahna liboslari, operatorlar jamoasi bor. Katta orkestr bilan ishlayapmiz, ular oz mablag‘ga ishlashmaydi. Bu davlat tadbiri emaski, “Sizlarga oylik beryapman, ishlab berasizlar”, desam. Ammo ularning mehnati olayotgan haqqiga arziydi. Pulim bor ekan, beryapman. Agar davlat tadbiri bo‘ladigan bo‘lsa, konsertni taklifnoma bilan hokim bo‘lib ishlab o‘tirgan odam kelib ko‘radi. Men esa oddiy qishloqdagi muxlis ham kelib ko‘roladigan konsert beryapman. Shu bilan birga qo‘shni respublikalardan keladigan tinglovchilarning ham didini hisobga olgan holda orkestr bilan qo‘shiqlarni aytyapman, — deydi xonanda.

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonova bugungi tinglovchilarning didi o‘zgargani va xonandalar unga moslashishga harakat qilishi kerakligi haqida aytib o‘tdi

Foto: “Daryo”

— Bugungi talablar boshqacha, shuning uchun albatta, tinglovchining didini hisobga olish kerak. Agar yoshlarga majburlab bir qo‘shiqni eshittiradigan bo‘lsak, u o‘ziga qizig‘ini TikTok’dan topishga intiladi. Shuning uchun ijodkorlar ham yoshlar bilan hisoblashib, ular nimani tinglab, nimani yoqtirayotganini hisobini olishi kerak. To‘g‘ri, bu juda maydalashish degani emas. Men hayotning past-balandini ko‘rishni boshlagan 25 yoshdan yuqori bo‘lgan tinglovchilar uchun ijod qilaman.

Foto: “Daryo”

— Sanʼat mashaqqatli ish. Uning oyog‘iga mix qoqsam-u qoqilsa, o‘rniga man chiqaman, degan niyat bilan ijod qilib bo‘lmaydi. Nafaqat sanʼatda, balki hayotda ham shunday. Har kim o‘z o‘rnida yuradi, men hech qachon siz yoki aksi bo‘lolmaymiz. Shu bilan birga karvon mingta bo‘lsa ham, hech kim och ham qolmaydi. Shuning uchun yosh xonandalarga bag‘rilaringni keng qilib sanʼatga kirib kelinglar, kim bilandir o‘chakishib qo‘shiq aytmanglar, deyman, — deydi xonanda.

Agar Yulduz Usmonovaning konsert dasturiga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotganini bilishga qiziqsangiz, “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga joylangan maxsus reportajni tomosha qiling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »