Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-yanvar, dushanba kuni Las-Vegasda dunyodagi eng yirik Maishiy elektronika ko‘rgazmasi (CES) boshlandi. Ko‘rgazmada, avval taxmin qilinganidek, sun’iy intellekt (AI) va avtomobil texnologiyasi asosiy mavzular bo‘lmoqda. CES 100 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi, unda dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan, Sony, Google, Samsung va boshqalarning yangi gadjetlari namoyish etiladi va asosiy sanoat tendensiyalari muhokama qilinadi.

Las-vegasdagi Maishiy elektronika ko‘rgazmasida “Daryo” internet nashri vakili ham ishtirok etmoqda.

Foto: “Daryo”

2023-yil davomida ChatGPT kabi generativ AI vositalarining paydo bo‘lishi ortidan mutaxassislar bu yilgi ko‘rgazma AI asosida ishlaydigan mahsulotlar bilan to‘lib ketishini taxmin qilmoqda, chunki katta va kichik firmalar odamlarning texnologiyaga qiziqishi ortib borayotganidan foydalanib mahsulot taqdim qilishga intilmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilaridan biri AI yordamida ishlaydigan aqlli yostiqni taqdim etdi. Yostiq xurrakni to‘xtatishga yordam beradi. Yostiq ichidagi sun’iy intellekt sizning xurrak ovozingizni eshitganida uning havo tozalagich qismi ishga tushadi, yostiq boshingizni sekin burib qo‘yadi, natijada sizga toza havo yetib boradi. Bularning hammasi sizni uyg‘otib yubormasdan amalga oshiriladi.

Hyundai, Kia va Mercedes-Benz bu yilgi tadbirda Nvidia va Qualcomm kabi futuristik avtomobillarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kompaniyalar bilan bir qatorda asosiy eksponentlar sifatida qayd etilgan.

Bundan tashqari, har yili bo‘lgani kabi bu safar ham ko‘rgazmada televizorlar va aqlli maishiy texnika kabi an’anaviy iste’molchi elektron qurilmalari ishtirok etmoqda.

Ulardan biri inson omilisiz ikki daqiqada muzqaymoq tayyorlab beradigan mashina. Qurilmaga muzqaymoq karameli qadog‘i bilan solinadi. Mashina qadoqdagi QR kodni o‘qiy oladi va shu asosda ikki daqiqada mazali muzqaymoq tayyorlaydi.

Shuningdek, ishtirokchilardan biri 50 dan ortiq tilda ishlaydigan mitti tarjimon qurilmani namoyish etdi, qurilma telefon va mobil ilovalarsiz ishlaydi. 

Foto: “Daryo”

International Consumer Electronics Show (CES) — bu har yili yanvar oyida Las-Vegasda o‘tkaziladigan maishiy elektronika ko‘rgazmasi bo‘lib, Consumer Electronics Association (CEA) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Birinchi CES 1967-yil iyun oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan. 1978-yildan 1994-yilgacha CES yiliga ikki martadan o‘tkazilgan: yanvar oyida Las-Vegasda qishki maishiy elektronika ko‘rgazmasi (WCES) va iyun oyida Chikagoda yozgi maishiy elektronika ko‘rgazmasi (SCES).

1995-yildan beri ko‘rgazma Las-Vegasda o‘tkazib kelinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »