Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, tegishli qarorni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qabul qilgan. 8-yanvar kuni Makron 2022-yilning may oyidan beri bosh vazir lavozimida ishlab kelgan Elizabet Bornni lavozimidan ozod qildi. 34 yoshli Attal shu paytgacha ta’lim vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eng yosh bosh vazir

Attal Fransiya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘ldi. U 1984-yilda 37 yoshida Vazirlar Mahkamasi rahbari etib tasdiqlangan Loran Fabiusdan ham yoshdir.

Attal 1989-yil 16 martda Fransiyaning Klamar shahrida tug‘ilgan. Uning otasi, advokat Iv Attal — tunislik yahudiy oilasida tug‘ilgan. Onasi, pravoslav xristian Mari de Kuriss, ishlab chiqarish kompaniyasida ishlagan, Odessadan Fransiyaga ko‘chib kelgan oq muhojirlar oilasidan edi.

Attalning uch nafar singlisi bor. U poytaxtdagi Siyosiy fanlar institutida tahsil olgan. Shuningdek, u Parij II (Panteon-Assas) universitetining huquqshunoslik darajasiga ega.

Siyosiy martaba

Attal siyosiy faoliyatini Sotsialistik partiya saflarida boshlagan. Makron tomonidan “Marshdagi Respublika” yaratilganidan beri u davlat rahbarining ishtirokchisi va yaqin ittifoqchisiga aylandi. Prezidentlik harakatidan yosh siyosatchi parlamentga saylangan. 2020-yilda Makronning taklifi bilan Attal davlat kotibi va hukumatning rasmiy vakili bo‘ldi, bu uning kelajakdagi faoliyatini oldindan belgilab berdi.

2022-yil may oyida u Iqtisodiyot vazirligida davlat hisobi bo‘yicha vazir delegati etib tayinlangan. 2023-yil iyul oyida unga asosiy bo‘limlardan biri — Ta’lim vazirligini boshqarish ishonib topshirilgan.

Bu lavozimlarda Attal malakali, baquvvat va maqsadli siyosatchi sifatida obro‘ qozongan. BFMTV ta’kidlaganidek, Attal hozirgi hukumat orasida eng mashhur vazirdir. 

“U qo‘l urgan hamma narsani tartibga soladi”, — deydi hukmron partiya vakillaridan biri.

Siyosiy tahlilchilar fikricha, Attalning yangi lavozimidagi asosiy vazifalaridan biri iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa parlamentiga saylovlarda hukmron “Renessans” partiyasining muvaffaqiyatini taʼminlash bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »