Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni savdo va xizmatlarni rivojlantirish, turizm va madaniyat maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu haqda o‘tgan yili 18-dekabrda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlar berilgan edi. Xususan, mamlakatimizda turizm salohiyati katta ekani, uni samarali ishga solib, turizm maskanlari va mehmon o‘rinlarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlangandi. Taqdimotda shunga muvofiq tayyorlangan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Toshkent viloyatining Parkent tumani tog‘lari juda xushmanzara. Ayniqsa, bahor-yoz mavsumida sayyohlar bilan gavjum. Bu boradagi sharoitlarni kengaytirish maqsadida Shahrisabzdagi Miraki, Parkentning Nurobod va Kumushkon hududlarida zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak tog‘ maskanida yengil konstruksiyali xostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmatlarga qayta ixtisoslashtirish, hududni obodonlashtirish mo‘ljallangan. Turistlar boradigan joylardan biri bu – bozor. Lekin bugungi kunda ayrim bozorlar turistlar uchun jozibador emas, ularda milliy kolorit yetishmaydi.

Shu bois davlat rahbari milliy madaniyatni aks ettirgan bozor majmualari loyihasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ygan edi. Taqdimotda tarixiy shaharlardagi bozorlarni turistlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish bo‘yicha dastlabki loyihalar namoyish qilindi.

“Bozorlarimizning o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolgan holda ularni yurtimizning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish kerak. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, zargarlik do‘konlari, oshxonalar, ko‘ngilochar maskanlar hamohang bo‘lishi, xaridorlar va turistlarni o‘ziga jalb qilishi zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada Turkiya va arab mamlakatlari tajribasini o‘rganish, loyihalashtirishga xorijiy mutaxassislarni taklif etish muhimligi aytib o‘tildi.

Taqdimotda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlarida qurilishi rejalashtirilayotgan bozorlar haqida ham axborot berildi. Davlat rahbari ularda ham hududiy koloritni aks ettirish, turistlar uchun kengroq sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining majlisida Toshkent davlat sirki faoliyatini yaxshilash masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi. Bugungi taqdimotda ushbu madaniyat dargohini ta’mirlash, soha uchun kadrlar tayyorlashda ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida 300 o‘rinli o‘quv binosini barpo etish rejalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »