Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” va “Chorsu” bozorlaridagi asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji narxlarini eʼlon qilishni to‘xtatdi. Bunga sabab sifatida “Qo‘yliq” bozori rekonstruksiyaga olingani keltirilgan. Kunlik narxlar bir muddat tanaffusdan so‘ng 2023-yilning oktyabr oyidan beri o‘rganilayotgandi.

Foto: Google

Toshkent shahar hokimligi rekonstruksiya davrida “Qo‘yliq”da ish olib borayotgan savdogarlarga yangi qurilgan Food City bozori yoki Tashkent Index’ga ko‘chishni tavsiya qilgan.

Bunda tadbirkorlar mulklarini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi do‘konlar uchun ijara to‘lovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi. Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlar Food City va Tashkent Index savdo majmualarida ish bilan taʼminlanadi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram kanalida kunlik narxlar eʼlonini to‘xtatish noto‘g‘ri ekanini yozib, endilikda Food City’dagi mahsulotlar narxlarini maʼlum qilib borish maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirdi.

Otabek Bakirov
Foto: “Daryo”
“Qo‘yliq” bozori ixtiyoriy-majburiy rekonstruksiyaga olingach, ulgurji xaridorlar va isteʼmolchilar uchun juda muhim “oriyentir” yo‘q bo‘lib qoldi. Hududlardan go‘sht, meva-sabzavot keltiruvchi va Toshkentda ulgurji xarid qiluvchi tadbirkorlarda doimiy uchrashuv va bitim joyi buzildi, kommunikatsiyalarga putur yetdi. Isteʼmolchilar yangidan nisbiy afzal bozorlarni qidirishni boshladi. Masalan, pabliklarda o‘sha maqtalgan Food City’dagi narxlar “TTZ” bozoridagi narxlar bilan bir xil ekani, shu kunlarda eng arzon bozor “Farhod” bozori bo‘lib qolganini yozishmoqda. Demak, biznesga ham, isteʼmolchilarga ham narx ishoralari kerak. Nima uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘sha Food City’dagi narxlarning minimal va maksimal ko‘rsatkichlarini eʼlon qilib borishni tashkil etishi mumkin emas? Yo narxlar “Qo‘yliq”dagidan ancha-muncha qimmat bo‘lib ketgani uchunmi? Unda isteʼmolchilar o‘zi uchun qaytadan kashf etayotgan yangi “oriyentir” — “Farhod” bozoridagi narxlar eʼlon qilib borilsin. Qiyin emas-ku, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.

Eslatib o‘tmiz, poytaxt hokimligi 2021-yil dekabrda “Qo‘yliq” bozori ko‘chirilishi haqida xabar bergan edi. Bunda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingani taʼkidlangan. Mazkur eʼlondan so‘ng bozor buzilishidan norozi odamlar ko‘chaga chiqqan, turli nizolar yuz bergandi. Keyin bozor “Qo‘yliq”dan 6,5 kilometr uzoqlikda joylashgan Food City savdo majmuasiga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi

2022-yil iyunda sobiq shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bozor hududi yo‘l o‘tkazgich qurilishi sabab davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat bergan qaror qabul qilgan. Muhokamalar avj olgach, hokimlik “Qo‘yliq” dehqon bozorining to‘liq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilmaganini maʼlum qilgan.

“Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda, asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kv.metr atrofida bo‘ladi”,––deya holatni izohlagan hokimlik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »