Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ningning aytishicha, Tayvan masalasi Xitoy-Amerika munosabatlaridagi birinchi qizil chiziq bo‘lib, uni bosib o‘tish mumkin emas. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin Tayvandagi saylovlarga har qanday ko‘rinishdagi aralashuvga qarshi.

“Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi, Tayvan mintaqasidagi saylovlar esa Xitoyning mahalliy ishi bo‘lib, bu borada har qanday tashqi aralashuvga toqat qilib bo‘lmaydi”, — dedi Mao Ning brifingda.

Foto: Google Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Tayvandagi saylovlarga ochiqchasiga aralashishga urinmoqda. “Shu munosabat bilan Xitoy keskin norozilik bildiradi. Pekin suverenitetni himoya qilish uchun qat’iy va samarali choralar ko‘radi”, — deya qo‘shimcha qildi Mao Ning.

13-yanvar kuni Tayvanda prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, orol ma’muriyati rahbari lavozimiga nomzodlar orasida Demokratik progressiv partiya (DPP) vakili Uilyam Lay yetakchilik qilmoqda. DPP Tayvanning mustaqilligi va uning Qo‘shma Shtatlar bilan yanada yaqinlashishi g‘oyasini doimo ilgari surib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »