Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur Janubiy Koreya brendi O‘zbekistonda qanday natijalarga erishdi va Kia ning distribyutori o’z oldiga yaqin kelajakda qanday maqsadlarni qo’ymoqda.

ADM Global kompaniyalar guruhi bir necha yillardan beri Kia avtomobillarini sotish bo'yicha rekordlarni yangilab kelmoqda. Texnik xususiyatlari va narx siyosati bo‘yicha o‘zbekistonlik isteʼmolchilar uchun eng jozibador avtomahsulotni aniqlashga qaratilgan tadqiqot faoliyati to‘g‘ri rivojlanish strategiyasi va umuman biznes jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

2023-yil davomida Kia brendi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirishga erishdi. Sotuvlar hajmi 14 931 ta avtomobilni tashkil etdi, bu 2022 yildagi ko’rsatgichlarga nisbatan uch barobariga ko’proqdir. Ushbu natija brend uchun O'zbekistondagi rekord ko’rsatgich bo'ldi.

 

Xususan, beshinchi avloddagi Kia Sportage modeli umumiy savdo hajmi 4965 dona avtomobilni tashkil etgan holda sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi. K5 biznes sedanining sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga o‘sib, Kia markasi xaridorlari orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab ajoyib natijakni namoyish etdi. Uchinchi o‘ringa ikki krossover, o‘rta o‘lchamli Sorento va ixcham Seltos sazovor bo’ldi:. Restaylingi o’tkazilgandan so'ng iste'molchilar orasida yanada ko'proq e'tirof va ishonchga sazovor bo'lib, eng kuchlilar reytingida yetakchi pozitsiyalarni egallay olgan Kia Seltos modeli alohida e'tiborga loyiqdir.

 

Ommaviy ovoz berish, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kia brendi VI “Yil brendi – 2022” tanlovining “Transport” nominatsiyasida g‘olibiligiga erishdi. Ovoz berish natijalari, Kia brendi haqli ravishda birinchi o'rinni egallaganini ko’rsatdi.

Erishilgan natijalar, Kia brendining O‘zbekiston bozorida mashxurligi  hamda iste'molchilarning ishonchini qozona olganligidan dalolat beradi.

 

ADM Global zamon bilan hamnafas bo‘lish va o‘z mijozlarini hushnud etish maqsadida faol ravishda bozorga Kianing yangi modellarni kiritib, mavjud modellar qatorini modernizatsiya qilmoqda. 2023-yilda yangi mahsulotlar qatorida bozorga quyidagilar kiritildi: Seltosning yangilangan modeli, Kia ning ilk elektr krossoveri – EV6, K9 premium toifali biznes sedani va Bongo kam tonnajli tijorat- yuk mashinasi. 

Bundan tashqari, kompaniya potentsial mijozlarga xizmat ko'rsatish qulayligi va avtomobillarining xaridorgirligini ta'minlash maqsadida O'zbekistondagi dilerlik tarmog'ini rivojlantirishda davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 8 ta rasmiy dilerlik markazlari ochildi: Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro shaharlarida va Denov tumani markazida.

ADM Global erishilgan natijalar bilangina kifolayalanib qolmayapti. 2024-yilda bir vaqtning o'zida Kia ning 6 ta yangi modellari chiqarilishni rejalashtirmoqda: ular orasida brendning flagmani bo’lgan  to'liq elektrda ishlovchi to'liq o'lchamli EV9 krossoveri, ixcham va hamyonbob Sonet krossoveri va yangi gibrid model mavjud. Bundan tashqari, 2024-yilda Kia ning eng mashhur 4 ta modeli yangilanishlarga ega bo’ladi. 

Yaqin kelajakda ADM Global kompaniyalar guruhi Kia ning O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish va o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Brend bozorda yangi modellarni taqdim etishda va mavjudlarini yangilashda davom etib, mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilashga e'tibor qaratadi.

+998 55-500 83 33

Reklama huquqi asosida.

Munojot Adilova
Musahhih:

Munojot Adilova

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »